Viloyat hududiga koronavirus kasalligini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01 dan boshlab Guliston shahriga kirish va chiqish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida Sirdaryo IIB xabar bermoqda.

Foto: Sirdaryo IIB

Bundan ko‘zlangan maqsad koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish ekanligi bildirilgan.

Ushbu cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, shaharda doimiy yashovchi shaxslarga Guliston shahriga kirish uchun, viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Guliston shahriga kirish-chiqish faqatgina ikkita yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni, birinchisi Guliston shahri Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘prik orqali hamda Guliston shahriga Do‘stlik qo‘rg‘oni orqali Xondamir ko‘chasiga kirib chiqish tashkil etilgan Karantin postlari orqali transport vositalari va yo‘lovchilar dezinfeksiya qilingan xolda kiritilib, chiqariladi. Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi.