Foto: Tech.thaivisa.com

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berilgan.

Bunda:

  • keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;
  • yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlash;
  • 800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o‘rnatish;
  • ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;
  • 40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma’lumotlarni saqlash tizimini o‘rnatish;
  • mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish;
  • olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish orqali 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish;
  • optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;
  • FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
  • loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.