Saudiya Arabistonida koronavirus infeksiyasining 112 yangi holati qayd etildi. Bu haqida payshanba kuni Al Hadath mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Saudiya Arabistoni
Foto: RIA novosti

Vazirlik ma’lumotlariga ko’ra, ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1012 taga yetdi. Uchta o’lim holati qayd etildi, 33 kishi davolandi.

Chorshanba kuni Saudiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda qo’shimcha choralar ko’rdi. Poytaxt Ar-Riyod, Makka va Madina shaharlariga kirish va chiqishni cheklash, shuningdek, ushbu shaharlarda komendantlik soatlarini uzaytirish to’g’risida qaror qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.