Xitoy koronavirusga qarshi emlash va dori-darmon ishlab chiqarishda boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. Bu haqida payshanba kuni G20 liderlarining favqulodda sammitida Prezident Si Szinpin videokonferensiya shaklida e’lon qilgan.

koronavirus xitoy
Foto: EPA – EFE/SHEPHERD ZHOU

“Xalqaro hamjamiyat o’z harakatlarini kuchaytirishi va global koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishi, epidemiya tarqalishini to’xtatishi kerak. Xitoy tomon kasallikning oldini olish va nazorat qilish sohasidagi amaliyotni manfaatdor davlatlar bilan baham ko’rishga, vaksinalar yaratish va dori-darmonlarni ishlab chiqarish sohasida tadqiqotlar va ishlanmalarni ishlab chiqishga, epidemiya yuzaga kelgan mamlakatlarga yordam berishga tayyor”, dedi u

Si Szinpin Xitoy koronavirus va unga qarshi kurash to’g’risida ma’lumot olish uchun ochiq dunyo bo’ylab platformani yaratganini ta’kidladi.

Shuningdek, uning aytishicha, Xitoy pandemiya davrida global iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun choralar ko’rishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.