Apple o‘zining 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi ayfonlarining taqdimotini kuzning boshida o‘tkazmaydi. Bu haqida Nikkei Asian Review xabardor manbalarga tayanib yozmoqda, deyiladi “Sof” nashri xabarida.

Foto: Google

Kompaniya koronavirus pandemiyasi tufayli talabning pasayishi, xalqaro reyslarning cheklanishi va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimining talablari tufayli rivojlanishning kechikishi, shuningdek yetkazib berish zanjirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqmoqda.

“Ta’minot bilan bog‘liq muammolarga qo‘shimcha ravishda, Apple hozirgi vaziyat foydalanuvchilarning o‘z qurilmalarini yangilash istagini sezilarli darajada kamaytiradi deb hisoblaydi”, – dedi manbalardan biri nashrga.

Apple beshinchi avlod mobil qurilmalari borasida asosiy raqobatchilari Samsung hamda Huawei‘dan ortda qolmoqda. Bu yil boshida Apple o‘zining oldiga ulkan maqsad qo‘ydi, bu yetkazib beruvchilarga 2020 yilda 100 million donagacha yangi qurilmalarni ishlab chiqarishni ta’minlashga tayyor bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kompaniya to‘rt xil smartfon modellarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Hozirgi vaqtda Apple AQSh va Yevropada koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda – bu kompaniyaning ikkita yirik bozori bo‘lib, ular kompaniya savdo aylanmasi hajmining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

Mart oyining boshidan boshlab Apple yangi smartfonlarning so‘nggi prototiplarini ishlab chiqish uchun yetkazib beruvchilar bilan yaqindan ish olib boradi deb taxmin qilingan edi. Biroq, dastlab yaqin aloqani va qurilmani sinovdan o‘tkazishni talab qiladigan ushbu jarayon oyning oxirigacha qoldirilishi kerak edi. Keyin, AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganda, u yana qoldirildi.

“Biz hozircha taslim bo‘lmayapmiz. Biz ushbu masalani hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz”, – dedi vaziyatdan xabardor manba nashrga bergan intervyusida.