Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida qo‘llashni nazarda tutuvchi 29-2-modda bilan to‘ldirildi.

ozarbayjon shifoxona kasalxona
Foto: Trend

Unga ko‘ra, karantin sharoitida epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan tibbiy majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.

Tibbiy majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan ta’minlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.