Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.