Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasining yana 12 holati qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews“.

Foto: Sputnik

“2020 yil 26 mart mahalliy vaqt bilan soat 16:20 (Toshkent vaqti bilan 15:20) da Qozog’istonda yana 12 ta koronavirus infeksiyasini qayd etildi. Nur-Sultonda – 6 ta holat, Olmaota shahrida – 6 ta holat. Bugungi kunda mamlakatda koronavirus infeksiyasining 109 ta ro’yxatga olinganligi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, umumiy olganda, koronavirus Nur-Sulton, Olmaota, Qarag’anda, Chimkent, Olmaota, Aqto’be, Jambil va Shimoliy Qozog’iston viloyatlarida aniqlandi.

Avvalroq, Nur-Sultonda 9 ta yangi koronavirus infeksiyasi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.