Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Islamova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqida qo’mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islamova Nargis

Nargis Islamova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, N. Islamova 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

N.Islamova Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.