Foto: Google

2020 yilning 1 mayiga qadar “Mening fikrim” veb portali faoliyatini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 

Ushbu portal orqali elektron jamoaviy murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomni tasdiqlanadi. Veb-portalning hisobotlar va statistika modulini takomillashtiriladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-portalning mobil ilovasini yaratiladi.

Shuningdek, veb-saytga kelib tushayotgan  murojaatlarni ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish nazarda tutilgan.