Xitoyda koronavirusga chalingan birinchi inson ayol ekanligi maʼlum boʻldi. U Uxan shahridagi “”Xuanan” dengiz mahsulotlari bozorida krevetka sotuvchisi boʻlib ishlagan. Bu haqida Xitoyning “Penpay” gazetasi maqola tayyorladi, deb yozmoqda “Sputnik”.

Foto: Pixabay

Taʼkidlanishicha, ayolning familiyasi – Vey, 2019 yil 11 dekabr kuni nomaʼlum sabablarga koʻra uning isitmasi koʻtariladi. U bozor yaqinida doʻkonni ijaraga olgan. Uning uyi birinchi qavatida joylashgan klinikaga murojaat qiladi, lekin u yerda unga yordam berishmadi. 16 dekabr kuni ayol Xuachjun ilm va fan universiteti qoshidagi “Sexe” shifoxonasiga murojaat qildi.

Gazeta jurnalistlari yangi turdagi virusga ilk bemorlar roʻyxati nusxasini oldilar. Undagi maʼlumotlarga koʻra, “Xuanan” bozoriga kelgan 24 kishi kelgan, ulardan 4 kishi – bir oila aʼzolari.

Shuningdek, jurnalistlar shu bozorga kelmagan va u yerdagilar bilan hech qanday muloqot qilmagan yana bir bemor haqida maʼlumotga ega boʻldilar. Uning familiyasi Chen, unda ham 16 dekabr kuni isitmasi koʻtarildi.

Erkak kompaniyalarning birida moliya boʻlimida ishlashini va tirik qushlar yoki shu bozorda boʻlgan kishilar bilan muloqotda boʻlmaganligini shifokorlarga aytadi. Uning soʻzlariga koʻra, u 30 km uzoqlikda istiqomat qiladi. U taxmin qilishicha, ishga ketayotgan vaqtda metroda virus infektsiyasini yuqtirib olgan boʻlishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.