Nur-Sultonda yana to’qqizta koronavirus infektsiyasi qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews” muxbiri mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Zakon KZ

“2020 yil 26 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:20 (Toshkent vaqti bilan 11:20) da Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida yana to’qqizta koronavirus infeksiyasini qayd etdi. Bugungi kunga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasining 97 holati tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Umumiy olinganda, kasallik 55 kishi Nur-Sultonda, 34 kishi Olmaotada, ikkitasi Qarag’andada, Olmaota viloyatida 1 ta, 1 kishi Aqto’beda, Chimkentda ikkita, Jambil viloyatida 1 ta va yana bitta holat Shimoliy Qozog’istonda qayd etilgan.

Avvalroq, oxirgi marta ma’lumotlar 26 mart kuni ertalab 88 nafarni tashkil etayotgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.