Pavel Zyuzin
Foto: Sputnik

Respublika transport sektoriga asta-sekin yashil texnologiyalarni joriy etmoqda, tegishli infratuzilmani rivojlantirmoqda. Bu ijobiy va global tendentsiya, ammo elektr avtomobillaridan ommaviy foydalanish haqida gapirish hali erta, deb hisoblaydi Rossiyalik ekspert.

“Tabiiy zaxiralar, birinchi navbatda uglevodorod yoqilgʻisi mavjud boʻlgan mamlakatlarda elektr mashinalarini ishlatish shunchaki foydasizdir. Anʼanaviy ichki yonish dvigatellari bir necha oʻn yillar davomida ham keng qoʻllaniladi. Elektr transport vositalariga kelsak, ular talabgir boʻlishi mumkin, masalan, turizm segmentida shakllanib boʻlgan sayohat yoʻnalishlarida”, – tushuntirdi Zyuzin.

Shu bilan birga, u yuqori texnologiyali va ekologik toza transport turlarini rivojlantirish shubhasiz foydali yoʻnalish ekanligini va barcha rivojlanayotgan davlatlar ushbu global trendni qoʻllab-quvvatlashini qoʻshimcha qildi.