O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 26 martdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi — 15 900 000 so‘m

1 ta kumush tanga narxi — 266 000 so‘mni tashkil etdi

18 mart holatidagi tangalar narxlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.