Joriy yil 26 mart kuni soat 05:25 da “Bangkok-Farg‘ona” charter reysi orqali Bangkok shahridan jami 257 nafar (67 erkak, 163 ayol, 27 voyaga yetmagan, ulardan 18 o‘g‘il bola, 9 qiz bolalar, shundan 255 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 1 nafar ayol Rossiya va 1 nafar erkak Ukraina fuqarosi bo‘lgan) fuqarolar Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olindi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Farg‘ona xalqaro aeroportida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi.

Bir nafar fuqaro – 2010 yil 7 mayda tug‘ilgan, Toshkent shahar, Yunusobod tumani M-6 mavze 90-uyda yashovchi Ogorodnikov Mixail qarovchisi yo‘qligi bo‘lganligi sababli shu reysning o‘zida Toshkent shahriga yuborildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Qolgan 256 nafar fuqarolar maxsus ajratilgan 14 ta avtobus va 3 ta yuk mashinasida endemik davlatlardan olib kelingan fuqarolarni joylashtirish maqsadida tayyorlangan Rishton tumanidagi “Sog‘lomlashtirish profilaktoriyasi”ga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi.