“O‘zbekneftgaz” AJ tassarufidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1973 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar tabiiy gaz tarkibidan merkaptan birikmalarni ajratib olish loyihalashtirilmagan.

gaz quduq uzbekneft
Foto: Google

Hozirgi kunga kelib esa gaz sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlash maqsadida gaz tarkibini merkaptan birikmalardan tozalash talab etilmoqda.

Bugungi kungacha Uglevodorodlar qazib chiqarish departamenti xodimlari tomonidan qayta ishlanayotgan gaz sifatini O’zDst 948: 2016 talab darajasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida DOW Chemical, BASF Honeyweel UOP, Stat Katalizator kabi chet el kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti huzuridagi “Stat-katalizator” MChJ bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlash lozim.

Yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida, Muborak gazni qayta ishlash zavodi mutaxassislari va “Stat-katalizator” MChJ ilmiy xodimi Tyurena Lyudmila Aleksandrova ishtirokida, zavoddagi markaziy kimyoviy labaratoriyasida tabiiy gazni merkaptan birikmalardan tozalash bo‘yicha sanoat sinov tajriba ishlari o‘tkazildi.

Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan sinov tajriba jarayonida, “Stat-katalizator” MChJ tomonidan taklif etilgan kimyoviy reagent qo‘llanilib, ijobiy natija olishga erishildi.

Hozirgi kunda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar bo‘yicha berilgan xulosalar atroflicha o‘rganib chiqilmoqda va taklif etilayotgan kimyoviy reagentni ishlab chiqarish jarayonida sinab ko‘rish va keyinchalik amaldiyotda tadbiq etish borasida ishlar bajarilmoqda.