Qirg’izistonda kommendantlik soati birinchi kunida mamlakatda koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurash doirasida 150 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqida payshanba kuni “TASS” ga poytaxt kommendanti idorasida ma’lum qilindi.

Foto: RIA novosti

“Bir kecha davomida Bishkekda kommendantlik soatlarini buzganlik uchun jami 150 dan ortiq kishi hibsga olingan, ularning barchasi patrul brigadalari tomonidan ichki ishlar bo’limlariga yetkazilgan”, – dedi kommendant vakili. Uning so’zlariga ko’ra, har bir “alohida ishda puxta tergov o’tkaziladi”, deyiladi xabarda.

“Gap shundaki, favqulodda holat va kommendantlik soati e’lon qilinganidan keyin jamoat transporti bu yerda harakatlanishni to’xtatdi va fuqarolarga yashash manziliga qaytish juda qiyin bo’ldi”, – dedi manba.

Bishkek shahar kommendanti, Ichki ishlar vazirligi boshlig’i o’rinbosari Almazbek Orozaliyevning so’zlariga ko’ra, 25 mart kuni kommendantlik soati va favqulodda holat rejimini buzganligi uchun 1 ming so’m (13 AQSh dollari) miqdorida ma’muriy jarima ko’zda tutilgan.

Ayni vaqtga kelib ushbu mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 44 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.