AQShda koronavirus bilan kasallanib vafot etganlar soni ming kishidan oshdi, deydi Jon Xopkins universiteti federal va mahalliy statistik ma’lumotlarga asoslanib.

Foto: Reuters

Uning so’zlariga ko’ra, AQShda koronavirusning tasdiqlangan holatlari 68,500 dan oshib, 1031 kishi vafot etgan.

Uch kun avval AQShda 390 kishi qurbon bo’lganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.