Nur-Sultonda koronavirus infeksiyasining yana ikkita holati qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews“.

Foto: Evrensel

“26 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:25 (Toshkent vaqti bilan 07:25) da Qozog’istonda Nur-Sulton shahrida yana ikkita koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda 88 ta koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Bular 46 tasi Nur-Sultonda, 34 ta Olmaotada, 2 ta Qarag’anda, 2 ta Chimkentda, 1 ta Olmaota viloyatida, 1 ta holat Aqto’be viloyatida, 1 ta Jambil viloyatida, 1 ta holat Shimoliy Qozog’iston viloyatida.

Ikki kishi koronavirusdan davolanishgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.