Yaponiyaning Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchisi Misrdagi ikkita zavodda ishlab chiqarishni to’xtatdi. Bu haqidagi xabarni payshanba kuni Yaponiyaning yetakchi biznes gazetasi “Nikkei” e’lon qildi.

Foto: Alde Security Solutions

Ta’kidlanishicha, ushbu zavod sedan va pikap ishlab chiqargan.

Shu hafta boshida Yaponiyaning yirik avtomobillari Toyota, Honda, Suzuki va Nissan koronavirus tufayli Hindistondagi o’z fabrikalarida ishlab chiqarishni to’xtatgan edi. Shu bilan birga, ular Yevropa va AQShda ishlab chiqarishni vaqtincha to’xtatishga majbur bo’lishdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.