“NewsOnjapan” xabariga ko’ra , yapon mehmonxonalarida mart va aprel oylarida bronlash ishlari o’tgan yilga nisbatan 90 foizga kamaydi.

Foto: RBC

Yer resurslari departamenti turizm ishchilari o’rtasida so’rov o’tkazdi va koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu sohada qanday yo’qotishlar bo’lganini aniqladi. Unga ko’ra, kichik va o’rta sayyohlik kompaniyalarida jiddiy yo’qotishlar bo’lganligi ma’lum bo’ldi.

Umumiy olganda, so’rovda ishtirok etgan 97 ta mehmondo’stlik firmasi mart oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan bronlash 90 foizga kamayganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.