ATB «Asaka bank» Andijon filiali boshqaruvchisi va mazkur filial kredit bo‘limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, ular Andijon shahar, Yuksalish ko‘chasida 5 qavatli turar joy binosi qurilishi «Sh. ifori» MCHJga ajratilgan 2.960.000.000 so‘m kredit mablag‘lari maqsadli sarflanmasdan o‘zlashtirib yuborilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Shundan kelib chiqib, bank filiali (endilikda sobiq) mutasaddilariga nisbatan Jinoyat kodeksi(JK)ning 207-moddasi («Mansabga sovuqqonlik bilan qarash») 1-qismi va 205-moddasi («Mansab vakolatini suiiste’mol qilish») 2-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan.

O‘z navbatida «Sh. ifori» MCHJ rahbari M.Sh.ga JKning 167-moddasi («O‘zlashtirish») 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.