Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan qutlov keldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

Maktubda, xususan, shunday deyilgan:

“Biz uchun yorqin va qadrli Navro‘z ayyomi munosabati bilan Siz va qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni bildiraman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich! Bu bayram menga dilimdagi so‘zlarni yana bir bor Sizga yetkazish, har bir oilaga tinchlik va farovonlik, butun O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash imkoniyatini taqdim etganidan mamnunman. Men shaxsingizni yuksak qadrlayman, Siz, Janobi Oliylarining tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ma’naviy ildizlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dono maslahatlaringiz va fikr-mulohazalaringizga ulkan ahamiyat qarataman.

Shu kunlarda Siz, Janobi Oliylari – O‘zbekistonning atoqli farzandiga eng ezgu tilaklar bildirib, Sizga Yaratganning rahmat va marhamatlari yog‘ilishini, Alloh taolo muvaffaqiyatlaringizni ziyoda qilishini, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman”.