Nyu-York shtatida 900 ga yaqin kishi koronavirus bilan kasallanganlar reanimatsiya bo’limlarida, dedi gubernator Endryu Kuomo.

Foto: RIA novosti

Uning so’zlariga ko’ra, shu paytgacha shtatda 30 ming 811 ta holat qayd etilgan, bu AQShdagi kasallarning yarmidan ko’prog’i deb baholash mumkin.

Kamida 3 805 kishi (kasallanganlarning 12%) davlat kasalxonalarida, ulardan 888 kishi (3%) reanimatsiya bo’limlarida qolmoqda, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtga kelib AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 55, 568 nafarni tashkil etmoqda. Vafot etganlar soni 800 tadan oshdi, davolanganlar 354 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 435 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 19 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..