Ispaniya Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Karmen Kalvo koronavirusning yangi turini yuqtirdi. Bu haqida chorshanba kuni mamlakat Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: 24 Info

“Bosh vazirning o’rinbosari Karmen Kalvo koronavirus uchun sinovi ijobiy natija berdi”, – deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 435 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 19 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..