Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: Repost

Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan olib borilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov davomida aniqlanishicha, 2018 yilining mart oyidan aprelga qadar bo‘lgan muddat davomida 30 yoshli Nurilla S. 34 yoshli Ravshan I.ning ishonchiga kirib, tijorat bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan va “oltin” telefon raqami xarid qilishda yordam berishi mumkinligini aytgan. Buning uchun u 7.000 AQSh dollari olgach, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan, deyiladi xabarda.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.