Toshkent shahar hokimining 2020-yil 21-martdagi “Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida”gi 290-son qaroriga muvofiq, barcha jamoat trasportlari – avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Shu munosabat bilan aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari “Toshshahartransxizmat” AJ ning “Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi” tomonidan qaytarib olinib, pul mablag‘lari fuqarolarga to‘liq miqdorda qaytariladi, deya xabar qilmoqda Transport vazirligi.

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy “Toshshahartransxizmat” AJ binosi 1-qavati.
Murojaat uchun telefon:
(71) 233-54-23, (71) 244-17-52