O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining 2020 yil 24 martdagi 9-sht-son buyrug‘iga asosan Rashitxan Kasimxanovich Xo‘jaxanov Palataning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot kotibi

Palataning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 270-b-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi va boshqarma boshlig‘i R.Xo‘jaxanovga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma topshirildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

Hududiy boshqarmaning Nizomiga asosan notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda qilish hamda notariat institutini yanada rivojlanishiga ko‘maklashish boshqarmaning asosiy maqsadi hisoblanadi.