Rossiya Turoperatorlari Uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidzening aytishicha, Rossiyadagi tashqi turizm 25 milliard rubl zarar ko‘radi. Sayyohlik yo‘nalishlari sentyabrgacha ochilmasa, ichki turizm 12 milliard rubl yo‘qotadi. Bu haqida “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Google

Shunday qilib, umumiy yo‘qotishlar miqdori 37 milliard rublni tashkil qilmoqda.

Fevral oyida biz 27 milliard rubl miqdoridagi zararni e’lon qildik. Men bu raqamlarni fevral oyining o‘rtalaridan sentyabr oyiga ko‘ra sotilgan sayohatlar bekor qilinishini o‘z ichiga olganini hisobga olib aytdim, deya eslaydi Lomidze.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 435 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 19 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..