Xitoylik olimlar koronavirus infeksiyasi boʻlgan bemorlarning oʻlimiga olib keluvchi yana bir xavfli omilni aniqlashdi, deb yozmoqda “Xalq so’zi”.

Foto: Pixabay

Ular tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatganki, gipertoniya (yuqori qon bosimi) koʻpincha koronavirus infeksiyasiga hamroh boʻladi. Kasalxonaga yotqizilgan har ikkinchi bemor yuqori qon bosimidan aziyat chekkani aniqlangan.

Shifokorlarning fikriga koʻra, gipertoniyani davolash uchun qoʻllaniladigan dori-darmonlar koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq holatni yana-da yomonlashtiradi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 435 ming nafardan oshgan. Infeksiyani yuqtirib olganlardan 111 ming nafari tuzalgan. Infeksiya tufayli vafot etganlar 19, 600 nafardan oshgan.

Ma’lumot uchun, mamlakatimizda ushbu infeksiya bilan bogʻliq 56 ta holat qayd etilgan.