“O‘zbekneftgaz” AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan. Bu haqida “O’zbekneftgaz” xabar bermoqda.

Foto: Google

2020 yilning 1 martidan boshlab ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi pasaytirilgan edi. Ertaga, 26 mart kunidan e’tiboran esa, AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytirildi.

Iste’molchilarga ishonch bilan aytish mumkinki, boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

“O‘zbekneftgaz” avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi.

Narxlar masalasida shuni ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel’ yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel’ yoqilg‘isi narxidan 9%, AI-92 markali benzin narxidan esa 16,6 %ga arzondir.