Foto: Mir24.tv

“Bizning mutaxassislarimiz koronavirus tashxisi uchun tezkor test ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. An’anaviy sinovlarga qaraganda natijani olish tezligi to‘rt baravarga tezlashtirildi”, dedi “Xaberturk” telekanali. Kojaning so‘zlariga ko‘ra, yangi tezkor test allaqachon mamlakat klinikalarida qo‘llanila boshlangan.

Ma’lumot uchun, koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.